O'z kasbini sevgan inson
Men tengi yoshlarning aksari Davron akani sharhlarini eshitib katta bo'lishyapti, desam xato qilmagan bo'laman. Men ham futbol uchrashuvlarining yakunidagi so'zlarni yodlab olgan edim:
"... sharhlovchi Davron Fayziyev siz bilan birga bo'ldik". Chindan ham biz ular bilan birga katta bo'ldik, katta bo'lyapmiz.
Bugun Davron aka 37 yoshni qarshi oldilar! Barcha ezgu tilaklarni tilab qolaman!
Kumir sifatida ko'rsatishga loyiq inson, har tomonlama loyiq! Shaxsan tanish bo'lgunimga qadar ko'proq ish faoliyatlari bilan o'z tasavvurimda Davron akani qanday inson ekanligini shakllantirib olgan bo'lsam, tanishuvdan so'ng bu fikrlar o'zgardi! Ularni yaqindan ko'proq tanib bordim va inson sifatida ham hurmat qila boshladim. Ochiqko'ngil, rostgo'y, samimiy, o'ziga nisbatan talabchan. FUTBOLTVga kelishimda ham ularning hissalari bor. Davron akani yoshlarni qo'llab-quvvatlashda ham o'rnak qilib ko'rsatish mumkin.
Xayrulla aka aytganlaridek, jamoamiz sardori va lideri. Futbolda ham haqiqiy sardor yoshlarni jamoaga kirishib ketishiga yordam beradi, bizda ham xuddi shunday! Davron akaga "o'z ishini ustasi", "Maestro" degan ta'riflardan ko'ra,
"o'z kasbini sevgan inson" ta'rifi ko'proq mos keladi, nazdimda. Albatta ustoz deyishdan yiroqman, hozircha! Ustoz so'zini ishlatish oson emas. Sababi xatolarimda ham ustozlarim tilga olinsa, buni qabul qilish juda qiyin.
Orif akam aytganlaridek:
"Hayot yo'lida qo'lga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlarimga avvalo Allohning inoyati bilan ustozimning ta'limi asosida erishgan bo'laman. Xato, kamchilik va nuqsonlarim esa shubhasiz faqat o'zimga oiddir. Zero, ustozim menga faqat va faqat to'g'ri ish va to'g'rilikni ta'lim bergan". Bu so'zlarga ortiqcha ta'rif qo'sha olmadim.
O'zi umuman barcha sohada ustozning o'rni beqiyos. Buni sizlar ham mendan yaxshi bilasiz. Ustoz deganda men aynan bir insonni tushunmasligingizni istardim. Xayrulla aka, Davron aka, Diyor aka, Hasan aka, Orif akalar meni FUTBOLTVdagi aytish mumkin bo'lsa - ustozlarim. Ularni ustoz deyishim uchun aynan menga vaqt ajratib bir narsani o'rgatishlari shart emas, ularni kuzatib ham yaxshi tomonlarini o'rganishga, o'zlashtirishga harakat qilaman. Men uchun "ustoz" degan so'zni ichida shular ham bor.
Muhammadali👇
Telegram |
Instagram |
Twitter