“Ishonch” doʻkonlar tarmogʻi 1 kunda 2ta filial ochdi!
"Ishonch" do'konlar tarmog'i 26-dekabr kuni Andijon viloyatining Andijon shaxri va Marhamat tumanlarida yangi savdo markazlarini ishga tushirdi, hamda jami filiallari soni 28taga yetdi.
“Ishonch” doʻkonlar tarmogʻidan endilikda andijonliklar maishiy texnikalar, mebellar, uy-ro’zg’or buyumlari, santexnika mahsulotlari kabu 7000dan ortiq turdagi mahsulotlarni faqatgina pasport asosida (byudjet tashkilotlari xodimlari va nafaqadagi shaxslar uchun) muddatli toʻlovga rasmiylashtirib, xarid qilishlari mumkin.
“Ishonch” doʻkonlar tarmogʻi 2021 yilda Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻz filiallarini ochishni reja qilgan. Shunday ekan tez orada “Ishonch” doʻkonlar tarmogʻi Respublikamizning barcha hududlarida o’z ishini boshlaydi!
Kanalga obuna bo'lish