❗️ Hurmatli abonentlar ogoh bo‘ling!
Koronavirus pandemiyasi davrida mobil aloqa operatorlari abonentlarining hisob raqamidan firibgarlik yo'li bilan pulni yechib olish holatlari kuzatilmoqda. UZTELECOM mobil aloqa abonentlariga ham firibgarlar tomonidan SMS xabarlar ham jo‘natilgan.
🤳Jumladan, xorij raqamidan qo‘ng‘iroqni amalga oshirib, abonent ushbu raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng, uning hisobidan katta miqdordagi mablag‘ni yechib olish holatlari kuzatilgan. Firibgarlar abonentga telefon qilib, unga javob berilmasidan oldin aloqani uzib qo‘yadi. Muayyan odamlar esa xorijdan qilingan va o‘tkazib yuborilgan begona raqamga qaytib qo‘ng‘iroq qilishi oqibatida ularning hisobidan katta miqdordagi mablag‘ yechib olinadi.
⛔️ Hurmatli abonentlar, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun begona raqamdan, xorijdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va siz uni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz raqamni qaytib termasligingizni, plastik karta raqami, pasport seriyasi va boshqa shaxsiy maʼlumotlaringizni begonalarga oshkor qilmasligingizni hamda, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligingizni tavsiya qilamiz.
UZTELECOM kompaniyasini firibgarlarning bunday harakatlariga aloqasi yo'qligini va bunday hodisalarning oldini olish uchun barcha choralarni ko'rayotganligini ma’lum qilamiz.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. Ehtiyot bo'ling! ⚠️
Website |
Facebook |
Instagram |
Telegram