Baxtim o'ylab shirin achchiq sözlaysizda
Ko'nglimda yo'q ul go'zalni ko'zlaysizda
Uyga kelin menga yorni izlaysizda
Yorim bo'lsa , xuddi sizdek bo'lsin ona.
Bo'ylari ham bo'ylarimga mos bo'ladi
Pok qalbi ham o'z o'ziga xos bo'ladi
Gar u kelsa g'am anduhlar oz bo'ladi
Borim bo'lsa , xuddi sizdek bo'lsin ona.
Qarashidan oy uyalar gadoman deb,
Oshiqlari gul poyida fidoman deb
O'lan yangrar men eng dardli navoman deb
Yorim bo'lsa xuddi sizdek bölsin ona.
Xuddi sizdek uning sabri tog' bo'ladi
Qadam bosgan joyi jannat bog' bo'ladi
Xastalarga bir boqsa u sog' bo'ladi
Orim bo'lsa, xuddi sizdek bo'lsin ona.
Guli ajoyib sher👏👍 shu qizni muxlisiman judayam hurmat qilaman sherlarini Guli ijodingga muvofaqqiyat singlim😊