Siz hali ko'p izlaysiz meni,
Mashhargacha yig'laysiz yonib.
Yonin olib bugun taqdirning,
ketmoqdasiz sevgidan tonib.
Bu she'r nolish emas taqdirdan,
Hud-behuda aytib netaman?
O'sha tog'day yuragingizdan,
Vulqon bo'lib chiqib ketaman.!
Bir so'zim bor, ishonch-la aytgum
Ketganida ko'nglinggiz to'lib.
Men o'shanda albatta qaytgum:
Ko'zlaringgiz yoshlari bo'lib...
shu sherni judayam yaxshi koraman👍