"Navro`z" bayrami arafasida stansiya jamoasiga kundalik ehtiyoj mahsulotlari tarqatildi.
Xalqimiz azal-azaldan o`zining ochiqqo`lligi, har qanday vaziyatda bir-birini qo`llab-quvvatlashga tayyorligi bilan Sharq mamlakatlari orasida hurmat qozonib kelganligi tarixiy manbalardan ma'lum.
Bayram va ayyomlar arafasida bir-birini yo`qlab, xolidan xabar olish, imkon qadan yordam qo`lini cho`zish go`zal urf-odatlarimiz sirasiga kirishi bilan bir qatorda an'ana tusiga kirib ulgurganiga necha ming yillar bo`lgan.
Joriy yilning
19 mart kuni "Navoiy IES" AJ Kasaba uyushmasi qo`mitasi va rahbariyati tomonidan "Navro`z" bayrami arafasida stansiyaning
50 nafar xodimlariga kundalik ehtiyoj mahsulotlari jamlanmasi tarqatildi.
Shuningdek, shu kunning o`zida Karmana tumanidagi
Mehribonlik uyiga tashrif buyurilib, tarbiyalanuvchilar holidan xabar olindi, moddiy yordam va kundalik ehtiyoj mahsulotlari yetkazib berildi.
Milliy an'analarimizga sodiq qolgan holda bugun ko`plab kishilar ko`nglini ko`tarishga harakat qildik. Ularning ko`ngillarida hayotdan va shu yurt fuqarosi ekanligidan mamnunlik hissini yanada oshirgan bo`lsak, demak, bu harakatlarimiz zoye ketmabdi,-deydi
stansiya Kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi
Najmiddin Babakandov.
"Navoiy IES" AJ
Matbuot xizmati
Biz bilan qoling.
Bizni kuzatishda davom eting!
👉
@navoiy_ies_aj