Assalomu alaykum, o‘z hayotni ta'lim-tarbiyaga baxshida etgan, barchaning ma'naviy ota-onasi, ilm-u ma'rifatga yo‘llovchi, hayotga ziyo bag`ishlovchi, ma'rifatparvar Ta'lim fidoyilari! Qadrli yurtdoshlar! Bugun musulmonlar uchun eng qadrli kun - Hayit bayrami. Bu kunda Olloh duolarimizni ijobat, farzandlarimizga salohiyat, ibodatlarimizga go‘zallik, rizqimizga baraka bersin. Olloh uyingizga nur, dardingizga huzur, oilangizga baxt, umringizga vaqt, yaqinlaringizga quvonch, bir-birimizga ishonch ato etsin.Yaratgan bizga ehson qilgan bu ulug' kun bilan barchangizni samimiy qutlayman.O‘ylagan barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin.Yurtimiz tinch bo‘lsin, boshimizdan balolar ko‘tarilsin. Bu bayramni ham bizga ibodat qilib bergan Olloh taologa hamd bo‘lsin! Hurmat bilan, Zamira Abdiraxmonovna.